Maktabimizda 11 fevral “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni”ga bag‘ishlab 2023 yil 6-11 fevral kunlari ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy hamda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatlarini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar haftaligida maktabning yosh pedagog ayollari ishtirokida “Ustozlar izidan” mavzusida madaniy tadbir tashkil etildi. Tadbirda yosh ustozlar o‘z mahoratlarini 5 ta shart bo'yicha namoyish etdilar. Tadbirga tashrif buyurgan nafaqadagi faxriy ustoz M.Abdurahmonova yosh ustozlarga o‘z maslahatlarini berib ularga pedagogik faoliyatlarida omad tiladi.