"Profilaktika kuni" munosabati bilan Yunusobod tumani IIOFMB 2-sonli IIB XFV Yoshlar masalalari bo'yicha katta inspektor mayor B.R.Amanova, "Oqtepa" MFY profilaktika inspektori B.Iminov hamda "Oqtepa" MFY Yoshlar etakchisi M.Ikromovlar ishtirokida "Voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish" mavzusida 9-10-sinf o'quvchilari bilan davra suhbati o'tkazildi. Davra suhbatida tashrif buyurgan mehmonlar hozirgi kunda yoshlarga bilim olishlari va hunar egallashlari berilgan imkoniyatlar to'g'risida aytib o'tishdi, lekin shu imkoniyatlardan foydalanmasdan yo'ldan adashib, jinoyat yo'liga kirib qolayotganligi haqida ogohlantirib, mavzuga oid "Yo'l boshida adashganlar" videoroliklar namoyish etildi. O'quvchilar bilan videoroliklardan olgan xulosalari bo'yicha muloqat qilindi. Muloqat davomida ota-onasini hurmat qilgan farzandlar bu yo'llarga kirib qolmasligini aytib, o'quvchilarni Onajonlariga qo'ng'iroq qilib, ularni yaxshi ko'rishini ayttirdilar.