Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 31-январь 2025, 09:11
 Bosh sahifa  Mobile versiya

"Teatr-ibratxona" mavzusida tadbir o'tkazildi

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 274-maktabda MMTV ning 273-sonli buyrug'i 4-ilovasiga muvofiq sentyabr oyining “Teatr-bu ibratxonadir” haftaligi munosabati bilan "Teatr-ibratxona" mavzusida tadbir o'tkazildi. Tadbirda 4 D sinf o'quvchilari tomonidan "Zumrad va Qimmat" ertagi parchasida milliy ertak qahramonlari obrazlari ijro etildi. 7 D sinf o'quvchilari zamonaviy adiblarimizning badiiy asarlaridan parchalar o'qidilar. 8-11-sinf o'quvchilaridan tashkil etilgan "Iste'dod" maktab teatr jamoasi tomonidan esa "Nodirai Davron" asaridan sahna koʻrinishlari namoyish etildi.