Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 31-январь 2025, 09:11
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Yunusobod tumanidagi 274-sonli umumta'lim maktabida o'quv-amaliy seminar o'tkazildi

Yunusobod tumanidagi 274-sonli umumta'lim maktabida o'quv-amaliy seminar o'tkazildi. Unda "Metodist" jurnali bosh muharriri Qunduzxon Husanboyeva, pedogika fanlari falsafa doktorlari Shohrux Abdurahimov, Jamoliddin Nurmuhammadov ishtirok etdi.
Poytaxtimiz maktablarining 150 nafardan ziyod ona tili va adabiyot o'qituvchilari qatnashgan tadbirda Q.Husanboyeva "Maktab adabiy ta'limining yetakchi tamoyillari" mavzusida mahorat darsi o'tdi. Jamoliddin Nurmuhammadov yangilangan 5-sinf "Adabiyot" darsligidan qanday foydalanish bo'yicha, Shohrux Abdurahimov esa yangicha baholash tizimi haqida taqdimot o'tkazib berishdi. 
Dolzarb yuqoridagi uch mavzu bo'yicha qizg'in bahs-munozara bo'lib, o'qituvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati